15:15 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
35410

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tarqalishi fonida koʻplab feyk xabarlar paydo boʻlmoqda. Ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tarqalishi fonida koʻplab feyk xabarlar paydo boʻlmoqda, bu haqda Telegram’da ochilgan Koronavirus Info guruhi xabar berdi. 

Xususan,

- “Koronavirus infektsiyasini Andijon viloyati hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish” boʻyicha viloyat shtabi bergan maʼlumotlarga koʻra “Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanida yashovchi 14 nafar fuqarolar koronavirus aniqlangan shifokor ayol bilan Frantsiyadan bir samolyotda uchib kelganligi hamda ular nazoratda ekanligi” toʻgʻrisidagi xabar;  

-“Koronavirus oʻpkaga oʻtishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yoʻtal va tomoq ogʻriq boshlanadi. Agar shu davrda koʻp suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yoʻqoladi” mazmunida tarqalayotgan xabar;

- "Bugun 23:00 va tonggi 5:00 gacha vertolyotlar dezinfektsiya uchun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq boʻlishi lozim va 23:00dan soʻng koʻchalarda yurish mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berishdi", degan xabar;

- "Doʻkonlarda, avtobuslarda va koʻchalarda bolalar aniqlansa, ota-onalari jarimaga tortiladi", degan xabar;

- "Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ertadan boshlab maktablarda reydlar oʻtkaziladi. Maktabda qoʻshimcha darslar yoki toʻgaraklarda ishtirok etayotgan oʻquvchilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortiladi", degan xabar;

Bularning barchasi axborot bosimi, yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaygan xabarlar.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Asosiy mavzular