00:01 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
135 0 0

16 mart kuni ayrim OAVlarda Rossiya OTM yotoqxonalaridan talabalar – Oʻzbekiston fuqarolari chiqarib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya oliy taʼlim muassasalarida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida oʻzbekistonlik talabalar yotoqxonalardan chiqarib yuborilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ushbu mazmundagi xabarlar baʼzi OAVlarda 16 mart kuni paydo boʻldi.

“Diplomatik vakolatxona maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlari tomonidan mamlakat oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalarga nisbatan ularning yashashi va/yoki mamlakat hududida boʻlishini cheklash boʻyicha qarorlar qabul qilinmagan. Taʼlim muassasalari rektorlariga Rossiya Fan va oliy taʼlim vazirligidan oʻzbekistonlik talabalarni yotoqxonalardan chiqarib yuborishni nazarda tutuvchi tavsiyalar yoki koʻrsatmalar berilmagan”, - deyilgan xabarda.

Elchixona vatandoshlardan vahimaga berilmasdan xotirjamlikni saqlash, Rossiya Hukumatining COVID-2019 koronavirusi tarqalishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalarini bajarish, yashash joylarini tark etmaslik va oliy oʻquv yurtlari rahbariyati belgilab bergan shaklda taʼlimni davom ettirishini soʻragan.

Shuningdek, 16-mart kuni davlat xavfsizligini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilganini eslatib oʻtgan.

Ushbu cheklovlar Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari, xalqaro avtomobil transporti vositalari haydovchilari, havo, daryo va dengiz kemalari ekipajlari xodimlari, xalqaro temir yoʻl aloqasining poyezd va lokomotiv brigadalari, rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik, xizmat vizalari, yaqin qarindoshi vafot etganligi tufayli berilgan vizalarga ega shaxslar, Rossiya hududida doimiy yashovchi shaxslar, shuningdek, havo oʻtish punktlari orqali tranzit bilan oʻtadigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Oʻzbekiston fuqarolariga ushbu qarorni inobatga olishni qatʼiy tavsiya qilingan.

Oʻzbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.

Asosiy mavzular