00:39 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
293 0 0

Qonun bilan aholini roʻyxatga olishning asosiy printsiplari belgilandi. Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi, aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi shular jumlasidan.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

Aholini roʻyxatga olish – bu Oʻzbekiston Respublikasining aholisi toʻgʻrisida ishonchli va xolis axborot yigʻishdir.

Qonun bilan aholini roʻyxatga olishning asosiy printsiplari belgilandi. Bular davriylik, umumiylik va bir paytdalik, roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi, shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi, aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligidan iboratdir.

Aholini roʻyxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar mahkamasi, Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi, aholini roʻyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (Davlat statistika qoʻmitasi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun bilan ushbu organlarning bu sohadagi vakolatlari belgilandi.

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar maxsus vakolatli davlat organiga aholini roʻyxatga olish sohasidagi vazifalarni bajarish yuzasidan koʻmaklashadi.

Asosiy mavzular