Biz och qolmaymiz: Qudratxo‘jayev O‘zbekistondagi mahsulotlar bilan bog‘liq vaziyat haqida

© Mejdunarodniy press-klubPredsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev
Predsedatel Mejdunarodnogo press-kluba Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining birinchi holatlari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etildi. Sherzod Qudratxo‘jayev universitetda darslar qanday tashkil etilishi haqida so‘zlab berdi hamda oziq-ovqat borasida o‘zbekistonliklarni tinchlantirdi.

Xavfli COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda bir qator cheklov choralari ko‘rilmoqda. Xususan, xalqaro havo va temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, maktab o‘quvchilari, talabalar va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari uylariga jo‘natildi, ommaviy tadbirlar bekor qilindi va kinoteatrlar yopildi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning asossiz ravishda ko‘tarilishini oldini olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi va Bosh prokuratura hodimlaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

Xalqaro press-klub raisi, Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev universitetning ushbu murakkab davrda amalga oshirgan chora-tadbirlari haqida Sputnik nashriga so‘zlab berdi.

“Ha, aksariyat talabalar o‘zlarining ritmini yo‘qotmasliklari va o‘quv jarayonidan chetga chiqmasliklari uchun ketishni xohlamadilar. Ammo bu zaruriy chora, hamma buni tushunadi. Hozir biz masofaviy ma’ruza formatlari ustida ishlamoqdamiz. Birinchidan, bu dasturiy fanlari - o‘zbek, rus va ingliz tillari, jurnalistika nazariyasi va boshqa fanlar. Ammo bundan tashqari, universitet shu ikki hafta ichida talabalarga faollikni yo‘qotmasliklari va ularga hayotning turli jabhalarida o‘zini ko‘rsata olish imkoniyatlari borasida motivatsion dars berishi mumkin bo‘lgan taniqli ma’ruzachilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda”, - deya tushuntirdi Qudratxo‘jayev.

Shuningdek, u hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishidan keyin respublikada koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha muhim choralar ko‘rilganligini qo‘shimcha qildi. Bugun ular o‘z samarasini bera boshladi. Endilikda davlat organlari va hukumatning ishi, iloji boricha, masofadan ishlash rejimiga o‘tkazildi va mavjud barcha muammolar esa zudlik bilan hal qilinmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligiga kelsak, o‘zbekistonliklar uchun tashvishlanadigan narsa yo‘q.

Lyudi vibirayut produkti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi?

“Bugun ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va blogerlar ishtirokida reydlar o‘tkazilmoqda – va umuman olganda vaziyat tinch. Dastlabki soatlar ichida keyinchalik uchun ko‘proq mahsulot sotib olishni istagan odamlar bo‘ldi, ammo hozir hamma tinchlandi. Mamlakatimiz tabiyat inomlariga boy va men hech qanday muammo va tashvishlanishga asos yo‘qligini ko‘rapman. Birontasida yetishmovchilik yoki kimdir och qolishi xavfi yo‘q. Masalan, hayvonlarni kuzatib, ular oldindan oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishini ko‘rmaymiz. Misol uchun, ko‘k kit uch tonna baliqni iste’mol qiladi va odamga juda ham kam oziq-ovqat kerak, shuning uchun yetmay qoladi deb qo‘rqishga ne hojat", - deya ta’kidladi Sherzod Qudratxo‘jayev.

Shu bilan birga, u vatandoshlarni ortiqcha vahimaga berilib, mahsulotlar tanqisligini yuzaga keltirmaslik, shuningdek, oziq-ovqat va tibbiy buyumlari bo‘yicha chayqovchilik qilmaslikka chaqirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq 10 ta holat qayd etilgan, deyarli barcha bemorlar chet elga safarida bo‘lganlar yoki chet eldan kelganlar bilan aloqada bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0