13:59 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
119310

Oʻzbekistonlik professor ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan koronavirusga qarshi goʻyoki moʻʼjizakor xususiyatga ega boʻlgan retseptlar yuzasidan fikr bildirdi

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Koronavirusning oldini olish uchun turli antibiotiklarni ichish tavsiya etilmaydi. Immunitetni koʻtaradigan dorilar virusni oʻldirmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati inspektsiyasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Yuqumli kasalliklarning oldini olish, yaʼni profilaktika uchun antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu kabi dorilarni, qolaversa, immun tizimini koʻtaradigan har-xil dorilarni tavsiya qilish - bu umuman notoʻgʻri. Immun tizimini koʻtaradigan dorilar virusga qarshi hech qanday taʼsir kuchiga ega emas", - deya tushuntirdi professor.

Otabekov, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoqpiyoz borasida tarqalayotgan tavsiyalarga ham oʻz munosabatini bildirdi.

Professor sarimsoqpiyozni isteʼmol qilish mumkinligini, lekin bir jihatga eʼtibor berish kerakligini eslatib oʻtdi: yaʼni sarimsoqpiyoz bir vaqtning oʻzida antibakterial yoki antivirus preparat emas. Shuni hisobga olgan holda, sarimsoqpiyozni boshqa koʻkatlar bilan aralashtirgan holda isteʼmol qilish mumkin, dedi professor.

Otabekov Oʻzbekiston aholisini ijtimoiy tarmoqlarda har-xil nomutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular