01:33 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
412 0 0

Taʼkidlanishicha, Moskva jome masjidida Qurʼoni karim oyatlari 17 martdan boshlab 24 soat davomida tilovat qilinadi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Moskva jome masjidida COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab Qurʼoni karim oyatlari tilovat qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Muftiylari kengashi saytida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, Qurʼoni karim oyatlari 17 martdan boshlab 24 soat davomida tilovat qilinadi.

Bu shu kunlarda butun dunyoda tarqalayotgan koronavirus tufayli Alloh taologa boʻlgan umumiy murojaat ekani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab diniy marosimlarni oʻtkazish tartibi haqida bayonot bergani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular