12:46 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
129620

Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktorining soʻzlariga koʻra, chivin — koronavirus tashuvchi vosita emas.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Chivin — koronavirus tashuvchi vosita emas. Bu haqda 17 mart kuni AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Baxrom Almatov taʼkidladi.

Matbuot anjumanida yozgacha koronavirus epidemiyasi bartaraf etilmagan holda, bu kasallik chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi mazmunidagi savol berildi.

Baxrom Almatovning maʼlum qilishicha, chivinlarning virus tashishga aloqasi yoʻq. Qolaversa, bitta isbotlangan haqiqat bor, havo harorati qancha yuqori va issiq boʻlsa, viruslar shuncha chekinadi.

Koronavirus boshqa virusli kasalliklar singari mavsumiy kasallik hisoblanadi. Kunlar isishi  ushbu kasallikni yengib oʻtishga yordam beradi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular