Yunusobodda maxsus ruxsatnomasiz tibbiy niqoblar sotgan shaxs aniqlandi

© Nalogoviy komitetNezakonnaya prodaja meditsinskix masok
Nezakonnaya prodaja meditsinskix masok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida fuqaro tibbiy niqoblarni noqonuniy savdo qilish holati aniqlandi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik.  Toshkentning Yunusobod tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda noqonuniy niqob savdosi bilan shug‘ulangan shaxs aniqlangan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasning matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Fuqaro A.B.  4 turdagi 102 dona jami 3055000 so‘mlik kiyim kechak mahsulotlari hamda tibbiy niqoblarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida ushbu holat aniqlangach, tadbirkorga savdo bilan shug‘ullanish uchun qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tish tushunchalari berilgan.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0