18:41 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
194 0 0

18-mart kuni Misrda boʻlgan 177 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini keltirish uchun “Sharm ash-Shayx-Navoiy” charter reysi tashkil etildi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. 18 mart kuni 177 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Misrdan olib chiqildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va Transport va Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda Misrda boʻlgan 177 nafar fuqarolarni keltirish uchun “Sharm ash-Shayx-Navoiy” charter reysini tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolariga charter reyslar bilan qaytishida koʻmaklashi xabar qilingan edi.

Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi Shtabining aloqa maʼlumotlari:
- Elchi Oybek Usmonov, +20233364516;
- Sherzod Yoqubov, 2-kotib, +20233364516, +201024532719;
- Durbek Xolbekov, 2-kotib, +20233364516, 201063085419;
Elektron pochta: shtabegypt@gmail.com;
Telegram: @shtabegypt,raqam: +201024532719.

Asosiy mavzular