14:27 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
193 0 0

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari, yuqumli kasalxonalarda ishlayotgan shifokorlar oylik maoshini bir necha barobarga oshirishni taklif etmoqda.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda deputatlar hukumatdan shifokorlarning oyligini oshirishni soʻramoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabariga koʻra, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari Gulbahor Saidgʻaniyeva va Shuhrat Polvonov shifokorlarning jamiyatdagi oʻrni va maqomini oshirish, ularni har tomonlama himoya qilish, oylik maoshini oshirish taklifini bildirgan.

“Jumladan, yuqumli kasalxonalarda ishlayotgan shifokorlar oylik maoshini bir necha barobarga oshirish taklif etilyapti”, - deyilgan xabarda.

Deputatlarning fikricha, birlamchi tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar maoshini koʻtarish vaqti kelgan.

Chunki bugun aholi salomatligini saqlash, ayniqsa, butun dunyoga jiddiy tashvish olib kelayotgan koronavirusdan odamlarni asrash, undan talafotlarsiz chiqish uchun astoydil mehnat qilayotgan soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, ular faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarur.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 13 kishiga yetgan.

Asosiy mavzular