18:58 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)
122610

Ayni paytga kelib, koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi - Sogʻliqni saqlash vazirligi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Turkiyadan kelgan bemorning turmush oʻrtogʻida hamda shu kunlarda Londondan kelgan yana bir oʻzbekistonlikda koronavirus infektsiyasi aniqlandi.

"Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, uning turmush oʻrtogʻida ham ushbu infektsiya borligi tasdiqlangan.

Shu bilan birga, Londonda boʻlib qaytgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosida ham koronavirus infektsiyasi aniqlangan.

Har ikki fuqaro ham qatʼiy tibbiy nazoratda boʻlgan. Ayni paytga kelib, ushbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi", deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda uch kun avval, 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Respublikaga koronavirus toʻrtta reys orqali kirib keldi:

Birinchisi, 11 mart kuni "Parij-Toshkent" reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol Oʻzbekistonda oʻgʻli, qizi, turmush oʻrtogʻi, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirdi (6 bemor).

Ikkinchisi, 15 mart kuni soat "Istanbul-Toshkent" yoʻnalishidagi 274- reys (5 bemor).

Uchinchisi, 14 mart kuni "London–Toshkent" yoʻnalishidagi 201-reys (3 bemor). 

Toʻrtinchisi, "Dubay–Toshkent" yoʻnalishidagi reys (1 bemor).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)

Asosiy mavzular