AQSh O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik agentligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnie kompanii predstavili innovatsionnie sredstva individualnoy zashiti v Tashkente
Mejdunarodnie kompanii predstavili innovatsionnie sredstva individualnoy zashiti v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShdan olingan shaxsiy himoya vositalarini O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatilishi mo‘ljallangan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Epidemiya tarqalishi munosabati bilan joriy yilning 17-mart kuni AQSh O‘zbekistonga koronavirusdan himoyalovchi vositalarni topshirdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qilmoqda. 

USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibidan 10 000 ta qo‘lqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynaklar o‘rin olgan bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatilishi mo‘ljallangan.

AQSh elchixonasi koronavirus kasalligining tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun xayriya yordami sifatida O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi marotaba shaxsiy himoya  vositalarini topshirmoqda. 

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ushbu qo‘shimcha mablag‘larni yuqumli kasalliklar bo‘yicha o‘z favqulodda zaxira fondidan ajratdi va koronavirusdan zarar ko‘rgan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston uchun ham xayriya qildi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakatning himoya choralarini yuqori baholagan va  COVID-19’ni yengishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0