14:28 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
525 0 0

Frantsiya, London, Dubay va Turkiyadan kelgan bemorlar ilk kunlardanoq karantinga olingan. Shu bois bu kasallik keng aholi qatlamiga tarqalgan deya oʻylashga asos yoʻq.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning OʻzAga maʼlum qilishicha, koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida boʻlmagan, ular ilk kunlardanoq karantinga olingan.    

– 2020 yil 19 mart ertalab 9:00 holatiga koʻra, koronavirus bilan roʻyxatga olinganlar soni Oʻzbekiston Respublikasida 23 nafarga yetdi. Albatta bu raqam kechagiga nisbatan bir muncha farq qilgani uchun odamlarni oʻylantirishi mumkin. Lekin bir jihatni aytib oʻtish kerak: bu fuqarolar Frantsiya, London, Dubay va Turkiyadan kelgan bemorlarimiz atrofidagilarni tekshirish natijasida aniqlangan. Ularning barchasi dastlabki kunlardan boshlab alohidalangan va tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Shuning uchun bu keng aholi qatlamiga tarqalgan degan xavotirga asos yoʻq. Bu doim epidemiyaga qarshi tadbirlar qatorida amalga oshiriladigan bir tizim. 

Kuni kecha Prezidentimiz xalqimizga murojaat qildi. Bunday kunlarda birov manfaat koʻrishi, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishi kerak emas. Eng asosiysi hamma sohada jipslashgan holda epidemik barqaror muhitga erishishimiz kerak, degan fikrlarni aytdi.

Bunday tadbirlar hukumatimiz, sogʻliqni saqlash tizimi va barcha tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Jiddiy muammo va xavotirga oʻrin yoʻq, – deydi Nurmat Otabekov.

Uning maʼlum qilishicha, bugunga qadar 9 100 dan koʻproq odam nazorat ostiga olingan. 6 000 dan koʻproq insonlarga salomatligi kafolatlangani uchun uyiga ruxsat berilgan. Hozirgi kunda 2 300 fuqaro karantin muddatini oʻtamoqda. Davlat chegaralari yopilib, temir yoʻl, avtomobil transportlari harakati chegaralangan. Ayni damda xorijiy mamlakatlardagi oʻzbekistonliklarni olib kelish tadbirlari davom etmoqda.

Shuningdek, mamlakatga uyushgan holda kelgan oʻzbekistonliklar uchun alohida statsionar sharoitda, yakka tartibda kelganlar uchun uy sharoitida karantin tadbirlari tatbiq etilmoqda.  

—   Ushbu kasallik uchun tashxis qoʻyish imkoniyati boʻlgan diagnostikumlar, himoya va dezinfektsiya vositalari, hatto shifo oʻrinlari zaxirasi yaratilgan. Biz hech qanday qiyinchiliksiz bu muammoni yechishga qodirmiz, – deydi Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Asosiy mavzular