14:50 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)
383 0 0

Respublika boʻylab massaj salonlari, bolalar oʻyin zallari, diskoteka va diskobarlar faoliyatining toʻxtatilishi yuzasidan qaror qilindi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yil 19 mart sanasidan boshlab, bir qancha maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalarining faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Bugun Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda respublika boʻylab massaj salonlari, bolalar oʻyin zallari, diskoteka va diskobarlar faoliyatining toʻxtatilishi yuzasidan qaror qilingan.

Taʼkidlanishicha, mazkur qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasi tomonidan qatʼiy nazorat qilinadi.

“Tadbirkorlik subʼyektlaridan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh boʻlishlarini soʻraymiz. Oʻz-oʻzini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz”,– deyilgan xabarda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)

Asosiy mavzular