06:12 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1162)
216 0 0

Infraqizil tibbiyot termometrlari mamlakatda endigina qoʻllanila boshlaganligi bois, uning toʻgʻri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish va metrologik tekshiruvdan oʻtkazib turish lozim.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti infraqizil tibbiyot termometrlarini bepul tekshiruvdan oʻtkazib berishini maʼlum qildi.  

Maʼlumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda COVID-19 Koronavirus kasalliginining tarqalishi va uning oldini olish maqsadida infraqizil haroratni masofodan turib oʻlchovchi yangi infraqizil tibbiyot termometrlaridan foydalanilmoqda.

Infraqizil ibbiyot termometrlari inson tanasidagi haroratni masofadan turib tezkor aniqlash bilan bir qatorda, qisqa vaqt davomida bir necha bemorlar haroratini ketma-ket oʻlchay oladi. Hozirgi kunda ushbu tibbiyot termometrlaridan nafaqat tashkilotlar, balki istalgan shaxslar foydalanishmoqda.

Tibbiyot termometrlari mamlakatda endigina qoʻllanila boshlaganligi bois, uning toʻgʻri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish va metrologik tekshiruvdan oʻtkazib turish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu tekshiruv esa maxsus namunaviy oʻlchash vositalari va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Ayni damdagi epidemik vaziyat tufayli Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mamlakat aholisi foydalanayotgan infraqizil tibbiyot termometrlarini bepul tekshiruvdan oʻtkazib berishini  maʼlum qiladi.   

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1162)

Asosiy mavzular