07:16 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
183701

Koronavirus hozircha Tojikistonni chetlab oʻtayotgan boʻlsa-da, ishbilarmonlar uchun qiyin kunlar keldi. Chegaralar yopilishi tufayli xarajatlar oʻsmoqda va foyda uchib ketmoqda.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Garchi Tojikistonda koronavirus infektsiyasining bitta ham holati qayd etilmagan boʻlsa-da, mamlakatda pandemiyaning birinchi qurbonlari endi aniq. Koʻp muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishlashni toʻxtatishga va zararlarini sarhisob qilishga majbur boʻlmoqda, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Abdusamad Hojiyev yetti yildan beri transportda tashuv bilan muvaffaqiyatli shugʻullanib kelgan. Hamkasblari bilan birga Tojikistonga Erondan Turkmaniston, Ozarbayjon va Afgʻoniston orqali tovarlar yetkazish bilan shugʻullanadi. Atigi bir oy oldin ham uning hamkorlari oʻzlarining gullayotgan biznesi yaqin orada va kutilmaganda yakun topishini xayoliga ham keltirmaganlar. Bunga davlatlarni yaqinlashayotgan epidemiyadan oʻz chegaralarini yopishga majburlagan koronavirus aybdor.

"2013 yilda doʻstlarimdan biri menga Erondan mahsulotlarni olib kelishni taklif qildi. Men rozi boʻldim. Tez orada ish yaxshi boʻlib ketdi. Men Tehron, Isfaxon, Sheroz, Mashhad, Gorgan va boshqa Eron shaharlaridan furaga mahsulotlar yuklab Turkmaniston va Oʻzbekiston orqali Xoʻjandga yetkazardim", - deydi u.

Dastlab, Xojiyev tsement uchun plastik qoplarni olib kirdi - Eronda ularning narxi juda arzon, chunki ular neftdan tayyorlanadi. Keyinchalik u assortimentga qurilish materiallari, armatura, temir va boʻyoqlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan pestitsidlar, plastik, hayvonlar uchun ozuqa va boshqalarni qoʻshib kengaytirdi.

"2015 yilda mening yuk mashinalarim Turkmaniston chegarasida pistirma uchradi. Men marshrutni oʻzgartirishimga toʻgʻri keldi. Men Erondan Oʻzbekistonga mahsulotlar tashishni boshladim va u yerdan boʻlsa Tojikistonga qayta eksport qildim. Albatta, bu xarajatlarga taʼsir qildi. Masalan, men Turkmaniston orqali 23 tonna yukni 3000 dollarga olib oʻtar edim. Yoʻl yopilganda, harajatlar 15000 dollargacha oshdi. Har bir tonnasi 200 dollarga toʻgʻri keladi, unga qoʻshimcha soliq va bojxona toʻlovlari. Qiyoslash uchun, Eronning Bandar Abbos portidan Xitoygacha har bir tonna dengiz orqali atigi 24 dollarga tushadi, Novorossiyskga esa - 19 dollar", - deya tushuntiradi u.

Shunga qaramay ham, daromad boʻlgan, shuning uchun ishbilarmon 2020 yil fevraligacha chet el transport tashuvi bilan shugʻullanishni davom ettirdi.

"Eronda infektsiya aniqlanganida, mamlakatlar chegaralarini yopa boshladilar. Avval, Turkmaniston, bir oy keyin, Ozarbayjon. Qolgan qoʻshnilar har bir yuk mashinasidan 6-8 ming dollar soʻrab tranzit narxlarini koʻtarishni boshladilar. Bunday sharoitda, albatta, hech qanday biznes chidamaydi. Endi esa hech qanday yoʻl yoʻq, hammasi yopiq", - deya shikoyat qiladi u.

Hamkasblar Afgʻoniston orqali oʻtadigan yoʻlni diqqat bilan oʻrganib chiqishni maslahat berishdi, ammo Xojiyev bu variantga eʼtibor bermayapti.

"Biz ushbu marshrutni oʻrganib chiqdik. Birinchidan, avvaliga Dushanbegacha yuk mashinasi narxi taxminan 4000 dollarni tashkil etdi, keyin transport kompaniyalari bu stavkani 5,5 minggacha koʻtarishdi. Keyin yukni Xoʻjandga keltirish uchun yana ming dollar toʻlash kerak. Bunday qoʻshimcha xarajatlar bilan mening yuklarim "oltinga teng" boʻlib qoladi. Ammo eng yomoni bu emas. Eng yomoni, haydovchilar yuklarning xavfsizligi uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olishmaydi. Afgʻoniston xavfli-ku. Sugʻurta ham yuz foizli kafolat bermaydi. U yerda bu yuk Tojikistonniki yoki hatto Amerika va Yevropaniki ekanligini koʻrsalar, uni boʻlib tashlashadi", - deb tushuntiradi tadbirkor.

Uning soʻzlariga koʻra, tovarlarni Erondan "neytral zonaga" oʻtkazish va u yerdan ularni turkman yoki ozarbayjon yuk mashinalarida yetkazish uchun umid bor edi. Biroq, hech kim xavfga duchor boʻlishni xohlamaydi - odamlar koronavirusdan qoʻrquvda va yuqtirishdan qoʻrqishadi.

"Bizning juda koʻp loyihalarimiz bor edi. Men xitoylik ishbilarmonlar bilan Hind okeani orqali Xitoyga neft mahsulotlarini eksport qilishga kelishib olgan edim, bu yerda esa bu virus. Xitoyliklar ketishdi, men esa Xoʻjandda qoldim. Yana bir nechta gʻoyam bor edi, ammo hozir ular haqida gapirish befoyda. Agar hukumat hozirgi sharoitda biz tomonga yondoshib bojxona toʻlovlarini kamaytirganida, men hech boʻlmaganda ishlashni davom ettirishga harakat qilgan boʻlardim. Aytadilar-ku, jon kuydirmasang, jonona qayda", - deydi u kulimsirab.

Asosiy mavzular