14:29 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
680 0 0

Hozirda sodir etilgan firibgarlik yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Namanganda 10 nafar fuqaroga kredit olib berishni vaʼda qilib, ularning ortidan qoʻlga kiritgan mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Naruchniki
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Asli toʻraqoʻrgʻonlik boʻlgan ikki nafar ayol oldindan jinoiy til biriktirib, 10 nafar fuqarolarning ishonchiga kirishgan. Soʻng kredit olib berishni vaʼda qilib, ularning nomlariga ish haqi toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotnomalarni tayyorlashgan.

Ushbu  soxta maʼlumotnomalar asosida fuqarolar nomiga jami 134 033 396 soʻmlik maishiy texnika vositalarini qoʻlga kiritishgach, ularni sotib yuborishgan. Tushgan mablagʻlarni esa oʻz shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mablagʻlarni undirish harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular