04:20 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
267 0 0

Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha, masjidlarda yigʻilmaslik, ibodatlarni uyda ado etib turishga qaror qilindi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Shu kunlarda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasiga “Juma namozini oʻyda oʻqisak boʻladimi?” – degan savollar koʻplab kelib tushmoqda. Savollarga OʻMIning Ulamolar kengashi javob berdi.  

Shu kunlarda aksar musulmon yurtlarining xalqaro va mahalliy fatvo uyushmalari, ulamolari moʻmin-musulmonlarning jonlarini omon saqlash uchun masjidlarda yigʻilmaslik, xavf oʻtib ketguncha ibodatlarni uyda ado etib turish qaroriga kelishgan.

Bunga yetarlicha asos borligini va masala jiddiy ekanligini eslatishgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosida ham juma namozi oʻrniga uyda peshin namozi ado etilishi aytilgan.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha,  musulmonlar juma namozlari oʻrniga uyda peshin namozini oʻqishlari mumkin. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etish maqsadga muvofiqdir, - deyilgan Ulamolar Kengashi xabarida.     

Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼatining fiqhiy manbalardan keltirib aytishicha, juma namoziga davlat boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan umumiy ruxsat boʻlishi, uni odamlarga davlat boshligʻi yoki muftiy tomonidan tayinlangan kishi ado qilib berishi kerak.

Juma namozi uyda oʻqilganda esa mana shu shartlar topilmaydi, natijada namoz durust boʻlmaydi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular