00:42 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
635951

Shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev xiyonatkor erkaklarning asosiy belgilarini sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻz tashqi koʻrinishi va chiroyiga haddan ziyod eʼtibor beradigan erkaklar boshqalarga qaraganda xiyonat qilishga koʻproq moyil boʻladi. Bu haqda NSN’ga bergan intervyusida shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev maʼlum qildi.

Uning fikriga koʻra, erkaklarda goʻzal boʻlib koʻrinish xohish va xiyonat qilishga moyillik oʻrtasidagi bogʻliqlik mavjud.

“Sartaroshxonalarga tez-tez boradiganlar - bu haddan ziyod oʻzlariga qaraydigan erkaklardir. Ular orasida, goʻzallik salonlariga kamdan-kam tashrif buyuruvchilarga qaraganda, jazmani bor erkaklarning foizi shubhasiz yuqori” – deb hisoblaydi Poleyev.

Ayrim erkaklarda soqol moʻylarining qattiqligi, ularda testosteron yuqoriligi tufaylidir, deya taʼkidlaydi ekspert

“Ehtimol, shuning uchun ular koʻproq xiyonat qilishi mumkin”, - deb taxmin qildi u.

Poleyev taʼkidlashicha, shunga oʻxshash tendentsiya kiyim-kechak doʻkonlariga tez-tez boradigan erkaklar orasida ham kuzatiladi.

"Statistikaga koʻra, u yerga tez-tez boradigan erkaklarda ayollari koʻp boʻladi", - deydi seksolog.

Shunga bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur talab qiladi, chunki oʻziga qarash istagi bilan ehtimol, erkak oʻz sevgilisiga yoqishni xohlaydi.

Asosiy mavzular