23:36 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1199 0 0

Bugun Oʻzbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi. Oybarchin Bakirova 1950 yil 27 iyunda Andijon shahrida tugʻilgan.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova bugun, 70 yoshida olamdan oʻtdi, deb xabar qildi "Oʻzbekino" matbuot xizmati.

Oybarchin Bakirova 1950 yil 27 iyun sanasida Andijonda marhum aktyor Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan.

Oybarchin Bakirova sanʼatkorlar oilasida katta boʻlgani uchun ham yoshligidan aktrisa boʻlishni niyat qilgan. U oʻrta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati oliygohida tahsil olgan.

Aktrisa oʻz faoliyatini 1971 yilda "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida boshlagan. U hammaga tanish boʻlgan "Tangalik bolalar", "Armon", "Oʻyin" va "Farzandim" kabi oʻnlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarchin Bakirova oʻz faoliyati orqali 2000 yilda "Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular