13:24 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
1266 0 0

23 martdan boshlab "aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq mamlakat fuqarolarini sogʻligʻini himoya qilish maqsadida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilinadi

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda 23 martdan toʻylar bekor qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi maxsus qarori eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Mamlakat hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash va respublika boʻylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda koʻrilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yigʻilishining qarori qabul qilingan.

"Qarorga koʻra, 21 martdan eʼtiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud koʻngil ochar obʼyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bogʻliq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar toʻxtatiladi.

Shuningdek, 23 martdan boshlab “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq mamlakatimiz fuqarolarini sogʻligʻini himoya qilish maqsadida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur boʻlgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida oʻtkazish tavsiya etiladi", - deyiladi xabarda.

Majlisda ayni paytda chet ellarda boʻlib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan koʻrilayotgan choralar atroflicha muhokama qilingan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular