23 martdan O‘zbekistonda barcha chegara o‘tkazish punktlari yopiladi

© Sputnik / Samvel Sepetchan / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23-mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (mamlakatdan chiqib ketayotgan xorijliklardan tashqari) yopiladi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23-mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi ma’lum qildi.

Minzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 42 nafarga yetdi

Shuningdek, 23-martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, xodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 25-martdan jamoat joylarida takroran niqobsiz bo‘lgan shaxslarga jarima qo‘llanishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0