Xorazmda Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar bilan birga chet tillari chuqur o‘rgatiladi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Joriy yilning 19-mart kuni 171 sonli Hukumat qarori bilan Xorazmda “Al-Xorazmiy” nomli Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Maktab Xorazm viloyati, Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov ko‘chasi, 65-uy manzilida joylashgan 1-son ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati negizida tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, xalqaro maktabda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillari chuqur o‘qitiladi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, xalqaro maktabning 7-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Xorij fuqarosi bo‘lgan iqtidorli  o‘quvchilar esa shartnoma asosida ta’lim olib, maktabda xorijiy mamlakatlarning o‘quv dasturlari tatbiq etiladi, xorijiy mamlakatlardan o‘qituvchilar ishga qabul qilinadi.

Xalqaro maktab barcha zarur jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilar uchun 20 o‘rinli turar joy binosi quriladi.

Yangiliklar lentasi
0