06:03 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
194700

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar 43 nafarga yetdi. Ushbu infektsiya aniqlangan yana bir fuqaro Istanbulda boʻlib qaytgan.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 43 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

"Ushbu infektsiya aniqlangan fuqaro Istanbulda boʻlib qaytgani maʼlum boʻldi", - deyilgan xabarda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonga barcha kuch va vositalar jalb qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Shveytsariyada boʻlib qaytgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlangani xabar qilingan edi. Ayni damda Oʻzbekistonda ushbu infektsiyani yuqtirib olganlar soni 43 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular