19:55 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
1366 0 0

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq bitta holat Xorazm viloyatida qayd etilganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Koronavirus infektsiyasi bilan bitta holat Xorazm viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifing davomida maʼlum qildi.

Bahrom Almatovning efirdan soʻng maʼlum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini koʻrsatgan va koronavirus bemorlari roʻyxatiga kiritilgan.

Takroriy tekshiruvda, boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan. Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.

Almatov brifing davomida Toshkent shahrida propiskasi boʻlmagan fuqarolarga qayerda yordam koʻrsatilishiga oydinlik kiritdi.

Uning soʻzlariga koʻra, har qanday Oʻzbekiston fuqarosi doimiy propiskasidan qatʼi nazar zarurat tugʻilganda eng yaqin davolash muassasiga murojaat qilsa, birinchi yordam koʻrsatiladi. Agar koronavirusga chalinganlik holati tashxisi qoʻyilsa, respublikadagi barcha davolash muassalarida muolaja koʻrsatiladi.

Shuningdek, u ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish yoki ishlatilgandan keyin dezinfektsiya qilib, yana ishlatish mumkinmi degan savolga javob berdi.

Bahrom Almatovning taʼkidlashicha, niqoblarni turi va sifatiga qarab ishlatish muddatlari belgilangan. Oddiy niqoblar uch-toʻrt soat ishlatilishi kerak.  Uzoq muddatga 8-10 soatga chidaydigan niqoblarni ham ishlatib boʻlib, chiqindi qutilariga tashlash va qayta ishlatmaslik lozim.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 43 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular