05:03 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
69610

56 yoshli ayol 10 kun oldin Toshkentda oʻtkazilgan toʻyga borib, Parijdan kelgan birinchi bemor bilan muloqotda boʻlgan va tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganligini koʻrsatgan.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Joriy yilning 22 mart kuni Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga tekshiruvdan oʻtish uchun kelgan ayolda koronavirus mavjudligi aniqlangan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi maʼlum qilmoqda. 

1964 yilda tugʻilgan M.T. 10 kun oldin Toshkentda oʻtkazilgan toʻyga borib, Parijdan kelgan birinchi bemor bilan muloqotda boʻlgan va tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganligini koʻrsatgan.

Ayol tekshiruv uchun topshirgan qon tahlili natijasini kutmagan va Qibray tumani Rohatbaxsh koʻchasidagi xonadonga kelib, fuqarolar bilan muloqotda boʻlgan.

Bu bilan u inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarni buzgan.

Ayol muloqotda boʻlgan shaxslarning yashash xonadonlari Qibray tumani karantin guruhi tomonidan dezinfektsiya qilingan.

Tahlil natijalari M.T.da koronavirus (Covid-19) alomatlari borligini koʻrsatgach, u tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 22 mart kuni fuqaro M.T.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 46 taga yetgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular