20:28 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
32610

Oʻzbekistonda 23 martdan toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar singari ommaviy tadbirlarni oʻtkazilish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hozirgi vaziyatda toʻy oʻtkazishni jinoyat deb hisoblaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubdagi  COVID-19ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bagʻishlangan sessiyada maʼlum qildi.

“Shunday qaltis vaziyatda toʻylarni oʻtkazish bu qahramonlik emas, balki jinoyatdir. Hozir soxta qaxramonlik qiladigan vaqt emas”, - dedi Safoyev.

Uning taʼkidlashicha, hozir sodir boʻlayotgan voqealar ortda qoladi va fuqarolarning doimiy hayoti qaytib keladi.

Safoyevning fikriga koʻra, urushlar va shu singari epidemiyalar insonlarning eng yaxshi va eng jirkanch fazilatlarini namoyon qiladi. Tekshirish, kuzatish, izolyatsiya va toʻgʻri xabar berish, ushbu muammodan chiqishi uchun juda muhimdir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 23 martdan toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilindi. Ushbu marosimlarni zarur boʻlgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida oʻtkazish tavsiya etiladi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular