Toshkent rasman to‘liq yopilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujniy
Zal ojidaniya vokzala Tashkent-Yujniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatiladi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Ushbu qaror aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

“Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0