03:38 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
290 0 0

Turkiyadagi yordamga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolariga oziq-ovqat va maishiy tozalash mahsulotlari yetkazib beriladi - Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Koronavirus tufayli Turkiya davlatida mushkul vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga yordam beriladi. Bu haqida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi maʼlum qilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, Turkiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarni qoʻlab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali Turkiyada boʻlib turgan fuqarolarga moddiy va maʼnaviy koʻmak beriladi, ularga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalari yetkazib beriladi.

Buning uchun Turkiyadagi yordamga muhtoj fuqarolardan ism-sharifi, telefon raqami va yashash manzili koʻratilgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligining  telegram boti @UzbTrBot  va  tr.ozbekogrenciler@gmail.com pochta manzili orqali yuborishlari soʻralmoqda.  

Ayni damda Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi #birdamlik va #hamjihatlik ijtimoiy koʻmak loyihasini ishga tushirgan.

Asosiy mavzular