15:30 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)
377 0 0

24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

“Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan oʻz ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamgʻarilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfektsiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)

Asosiy mavzular