11:31 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1047 0 0

Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot klinik institutining nevrologiya kafedrasi professori Rinat Bogdanov kayfiyatni koʻtaradigan mahsulotlarni aytdi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Moskva viloyati Sogʻliqni saqlash vazirligining nevrologi, M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot klinik institutining nevrologiya kafedrasi professori Rinat Bogdanov RIA Novosti’ga bergan intervyusida kayfiyatni yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.

“Kayfiyatga taʼsir qiluvchi mahsulotlar – bu serotonin moddali mahsulotlar. Serotonin ijobiy his-tuygʻular uchun javobgar ekanligini bilasiz. Ushbu mahsulotlar orasida - banan, pishloq, shokolad, sut mahsulotlari, kurka va quyon goʻshti qayd etilgan, chunki ularning tarkibida keyinchalik serotoninni sintez qiladigan triptofan moddasi mavjud. Shuningdek, jenshen va limon oʻtlari adaptogenlar ham muhim.  

Umuman olganda, ovqatlanish spektri ozuqa moddalari, mineral va vitaminlar miqdori jihatidan yetarli boʻlishi kerak. Meva-sabzavotlar koʻproq boʻlishi, tez uglevodlar - shakar, shakar oʻz ichiga olgan ovqatlar esa kamroq boʻlishi kerak. Yetarli miqdorda oqsilli mahsulotlar, yogʻlarni chiqarib tashlash lozim, ularni oʻsimlik moylari bilan almashtirish maʼqul, masalan zaytun, zigʻir yogʻi, alohida hollarda, kungaboqar”, - dedi Bogdanov.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, asab tizimining normal faoliyati uchun omega-3 yogʻ kislotalariga boy boʻlgan mahsulotlar : yogʻli dengiz baliq, oʻsimlik yogʻlari, yongʻoqlar foydali hisoblanadi.

Bundan tashqari, V guruhi vitaminlari koʻp boʻlgan - jigar, turli yormalar, grechkani qoʻshish mumkin.

Bezovtalanish darajasini oshiradigan turli xil stimulyatorlar, masalan, qahva yoki juda kuchli choylarni koʻp isteʼmol qilish tavsiya etilmadi. Tarkibida yalpiz, limon oʻtini ichida boʻlgan oʻsimlik choylariga oʻtish tavsiya etiladi.

“Oqsilli ovqatlash borasida yogʻli boʻlmagan goʻsht – quyon, kurka, tovuqning koʻkrak qismi tavsiya etiladi. Turli yarim vitaminlar qoʻshish mumkin. Bezovtalanishga qarshi boʻlgan oʻsimlik koʻrib chiqadigan boʻlsak – bu qizilpoycha oʻsimligi tavsiya qilinadi”, - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Asosiy mavzular