04:29 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
295 0 0

Chet el mamlakatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari maxsus charter reyslar bilan olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan karantinga olingan hududlar nazorati kuchaytirildi.

“Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida karantinga olingan obʼyektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kunu tun oʻz xizmat faoliyatini olib bormoqda”, - deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, fuqarolar salomatligi va mamlakatning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos boʻlishiga zamin yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda chet mamlakatlarda boʻlib turgan fuqarolar maxsus charter reyslar orqali Oʻzbekistonga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda.

Asosiy mavzular