19:19 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
551 0 0

Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat doʻkonlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati toʻxtatilmaydi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent shahrida barcha barcha savdo komplekslari faoliyati toʻxtatiladi.

“2020 yil 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qatʼiy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi”, - deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat doʻkonlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati toʻxtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, yaʼni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Bu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish toʻxtatilishi xabar qilingan edi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular