04:40 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
252 0 0

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, hozirda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushbu firibgarlar tuzogʻiga ilingan.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Uzbekistan AirwaysMoskvada Oʻzbekistonga boʻlgan charter qatnovini kutayotgan yoʻlovchilarga murojaat qilib, aeroportlarda paydo boʻlgan firibgarlardan ogohlantirdi.

“Ular fuqarolarimizning ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bogʻliq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini vaʼda bermoqda. Yoʻlovchilardan pasport maʼlumotlarini va chipta narxining 70% toʻlovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi”, - deyilgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, hozirda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushbu firibgarlar tuzogʻiga ilingan.

Aviakompaniya Uzbekistan Airways informiruyet o poyavlenii moshennikov v aeroportax
Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi

Kompaniya Toshkentga boʻlgan charter qatnoviga chipta sotib olishni vaʼda qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot boʻlishni soʻrab qolgan.

Charterlar jadvali uzairways.com saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/koronavirusinfouz va https://t.me/uzbekmid telegram-kanallarida oʻz vaqtida eʼlon qilinishi qoʻyshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Vnukovo aeroportida qiyin vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga yordam bergani xabar qiligan edi. Vnukovo aeroporti rahbariyati tomonidan oʻzbekistonliklarning vaqtinchalik turishlari uchun “B” terminali ajratilgan. Ushbu qism tibbiy punkt, hojatxona, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.

Asosiy mavzular