Alisher Usmonov pandemiya vaqtida Toshkentda bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarga nafaqat koronavirusning o‘zi, balkim u bilan birga kelayotgan, bozorlarni buzib yuborayotgan axborot to‘lqini ham zarar yetkazadi - Alisher Usmonov.

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda bo‘ladi. Bu haqida biznesmen Forbes nashriga xabar qildi.

Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov ilk bor uning merosxo‘ri kim bo‘lishini aytdi

"Koronavirus pandemiyasi, albatta, biznesga ham, butun dunyo iqtisodiga ham ta’sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balkim majburiyatlari ham bor. Ularga nafaqat virusning o‘zi, balkim u bilan birga kelayotgan, bozorlarni buzib yuborayotgan axborot to‘lqini ham muhimdir.

Pandemiya oldida barcha barobar, hammaga Xudodan tirik qolishni so‘rayman. Hozirgi sharoitda, insonlar sog‘ligi va faravonligi uchun siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramasldan barcha davlat rahbarlari birlashib harakat qilishi juda muhimdir.

Menga kelsak, men – koronavirus eng xavfli bo‘lgan guruhga kiraman. Shu sababli men o‘zimni-o‘zim virusdan izolyatsiya qildim. Hozir tarixiy vatanim - Toshkent shahridaman”, - dedi Alisher Usmonov Forbes nashriga.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi qandli diabet, yurak xuruji va pnevmoniya (o‘pka shamollashi) bilan kasallangan, shuningdek 65 yoshdan katta fuqarolar uchun juda xavflidir.

Yangiliklar lentasi
0