09:32 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
526 0 0

Bugungi kunda Qozogʻiston hududidan Oʻzbekiston tomonga oʻtishda muammolarga duch kelayotgan migrantlar soni bir necha yuz kishini tashkil etadi

TOSHKENT, 24 mar – Sputnik. Qozogʻistonning Jibek-jolы chegara bekatida shu kunlarda 600ga yaqin fuqarolar Oʻzbekistonga oʻtkazilgan. Ammo allaqachon yana yuzlab migrantlardan iborat navbat hosil boʻlgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Qozogʻiston ūzbeklari dūstlik jamiyati raisi Ikrom Xoshimjonov.

Foto iz sotssetey
Situatsiya na kazaxsko-uzbekskoy granitse

Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Oʻzbekistonda ilk koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etilgach, kasallikning mamlakat hududida tarqalishini oldini olish maqsadida Oʻzbekiston hukumati 16 martdan boshlab davlat chegarasi orqali oʻtuvchi va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilgan edi.

Ushbu cheklovlar tufayli bugungi kunda vatanga qaytayotgan koʻplab migrantlar chegarada qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda ushbu holat boʻyicha tarqalgan videoda aks etishicha, toʻplangan migrantlarga tushuntirish berayotgan qozogʻistonlik fuqaro “ayni vaqtda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Oʻzbekiston hukumati bilan muammoga duch kelgan fuqarolarga yordam berish boʻyicha choralarni koʻrayotgani va tez fursatda buyruq chiqarilishini” maʼlum qiladi.

Shuningdek, u toʻplanganlarni ajiotaj qilmaslikka va Oʻzbekiston tomoni chiqaradigan hukmni sabr bilan kutishga chaqiradi.
“Bilaman, hammangizni oilangiz, bola-chaqangiz bor, uyga shoshayapsizlar, ammo men tezda konsul bilan bogʻlanib, vaziyat qachon yechim topishini bilib beraman”, - deydi migrantlarga murojaat qilgan qozogʻistonlik vakil.
Uning ushbu gapi uyiga shoshayotgan migrantlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olinadi.

Shuningdek, Qozogʻiston tomoni chegarada qolayotgan migrantlarga imkoniyat yaratib berish maqsadida, politsiyachilar ham jalb etilganini koʻrish mumkin.

Videoda hozircha chegaradan oʻta olmay turgan migrantlarga qozogʻistonlik hoji onalar tomonidan oziq-ovqat koʻrinishida ehsonlar tarqatilgani ham oʻz aksini topgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular