04:46 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
336 0 0

Qoraqalpogʻistonda 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda maxsus karantin obʼyektlari quriladi. Bu “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarorida koʻzda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.

Sotrudniki GUVD osuщestvlyayut proverku dokumentov
Upravleniye bezopasnosti dorojnogo dvijeniya GUVD g. Tashkenta

Karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular oʻrtasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obʼyektlari quriladi.

Shuningdek, koronavirus yuqtirgan yoki uni yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari va boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda chet mamlakatlarda boʻlib turgan fuqarolar maxsus charter reyslar orqali Oʻzbekistonga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular