Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Sotrudniki GUVD osushestvlyayut proverku dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tartibi: kimlarga Toshkentga kirish va chiqishga ruxsat beriladi?

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

“Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!” — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 24-mart kunidan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatildi.

Yangiliklar lentasi
0