05:12 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
393 0 0

Koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan kishilar uyali aloqa operatorlarining geolokatsiya maʼlumotlari orqali aniqlanadi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiyada koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan kishilarni aniqlash tizimi ishga tushiriladi. Buni uyali aloqa operatorlarining geolokatsiya maʼlumotlarini yigʻish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Aloqa vazirligiga tegishli topshiriq berdi.

“Rossiya Aloqa vazirligi yangi koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan fuqarolar bilan aloqada boʻlgan fuqarolar uchun kuzatuv tizimini ishlab chiqilsin, bu uyali aloqa operatorlarining maʼlum bir shaxs uchun uyali telefonning geolokatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslanib, fuqarolarga yangi koronavirus infektsiyaga chalingan odam bilan muloqot qilishi toʻgʻrisida oldidan xabar berish imkoniyatini taʼminlaydi. Bemorlarga esa oʻzini izolyatsiya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek ushbu maʼlumotlarni Rossiya Federatsiyasi tezkor shtabiga yuborish”, - deyilgan hujjatda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular