05:54 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
268 0 0

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etildi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ixtiyoriy ravishda oʻz ish haqlarining bir qismini COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʻaraz oʻtkazib berdilar, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati. 

Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

"Mazkur farmonga asosan hozirgi sharoitda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida 10 trln. soʻm mablagʻning yoʻnaltirilgani tarixiy ahamiyatga molikdir", - deyilgan xabarda.

Tadbirkorlar uchun byudjetga toʻlanadigan soliq va ajratmalar miqdori keskin kamaytirildi, baʼzi yigʻimlarni hisoblash va toʻlash maʼlum muddatga toʻxtatildi.

Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar uchun belgilangan bir qator soliqlar boʻyicha penyalar hisoblash toʻxtatilib, soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmaydigan boʻldi.

2021 yilning 1 yanvariga qadar tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish ham toʻxtatib qoʻyildi.

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlash muddati uzaytirildi, ularning xayriya tashkilotlaridan oladigan daromadlari soliqdan ozod qilindi.

Koronovirus sababli karantinga joylashtirilgan ota-onalar, shuningdek ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga nafaqa toʻlash belgilandi. Bunday shaxslar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqilandi.

Infektsiyaga qarshi kurashga jalb qilingan shaxslarni ham har tomonlama ragʻbatlantirishning samarali choralari belgilandi. COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etildi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular