10:57 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
446 0 0

Jinoyat kodeksi yangi 257-1 moddasi bilan toʻldiriladi. Unga koʻra sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻz navbatida, OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzosi, deputat Rasul Kusherbayevning maʼlum qilishicha, Jinoyat kodeksiga yangi 244-5 modda kiritilib, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Unga koʻra, shunday maʼlumotni tarqatganlik uchun BHM 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Bunday maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi yangi 257-1 moddasi bilan toʻldirilib, unga koʻra sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa:

- BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan maxrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

- oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

- oʻsha qilmish odamlarning, yaʼni koʻpchilikning oʻlimiga sabab boʻlsa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ham bir qator qoʻshimchalar kiritilmoqda. Jumladan, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurish BHMning 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular