20:26 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
1152 0 0

Aniqlik kiritilishicha, bemorlardan 11 nafari oʻrta ogʻirlikda boʻlib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlarning 19 nafarini erkaklar, 30 nafarini xotin-qizlar tashkil etishini maʼlum qildi.

Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan boʻlsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha boʻlgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, bemorlardan 11 nafari oʻrta ogʻirlikda boʻlib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.  Biroz avval Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovn kasallik belgilari yoʻqolgan besh fuqaroga tez orada javob berilishini maʼlum qilgan edi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infektsiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular