03:51 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
825 0 0

Xalqaro tartib-qoidalarga binoan yuqumli kasalliklar, jumladan koronavirus infektsiyasi aniqlangan mamlakatda davolanishi kerak. Bemorni boshqa davlatga koʻchirish mumkin emas.

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Oʻzbekiston fuqarosi chet elda koronavirusga chalinsa oʻsha davlatda davolanishi kerak. Bu haqida Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov AOKAda boʻlib oʻtgan onlayn brifingda xabar qildi.

"Xalqaro tibbiy-sanitariya qonun-qoidalariga asosan, yuqumli kasallik qaysi davlatda qayd etilgan boʻlsa, oʻsha davlatning sogʻliqni saqlash tizimi xizmati tomonidan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Bemorni boshqa davlatlarga yuborish mumkin emas.

Agarda chegaradan oʻtish jarayonida aniqlansa, u yerdagi sanitariya-karantin postlaridagi tibbiyot xodimlari tomonidan kasallikda gumon qilingan bemorlar, fuqaroligi kim boʻlishidan qatʼiy nazar, vaqtinchalik «izolyator»larga joylashtiriladi. Va tibbiyot muassasasiga telefon orqali murojaat qilib, belgilangan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilinadi va oʻsha yerda oʻz vaqtida tashxis qoʻyish, davolash tadbirlari davom ettiriladi", -  dedi Almatov. 

Eslatib oʻtamiz, koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga vataniga qaytishga shoshilmaslikka, oʻzlari vaqtincha boʻlib turgan mamlakatda eʼlon qilingan karantin qoidalariga amal qilishga va ehtiyoj tugʻilganda mahalliy shifoxonalarga murojaat qilishni maslahat bergan edi. Shuningdek, Janubiy Koreyada koronavirus tashxisi qoʻyilgan Oʻzbekiston fuqarosiga ham ushbu mamlakatda qolib davolanish qatʼiy tavsiya qilingan edi. 

 

Asosiy mavzular