03:55 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1235)
267221

Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Takidlanishicha, bu infektsiya xorijda boʻlib qaytgan bemor bilan muloqotda boʻlgan yana bir fuqaroda aniqlangan.

Bundan avval Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov kasallik belgilari yoʻqolgan besh fuqaroga tez orada javob berilishining maʼlum qilgan edi

Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infektsiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Butunjahon sogʻlikni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshganligi, dunyo boʻyicha 300 mingdan ziyod holat kuzatilganini maʼlum qilgandi.

"Pandemiya tezligi oshmoqda. Birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun oʻtdi, oradan yana 11 kun oʻtib, 200 minginchi koʻrsatkich qayd etilgan boʻlsa, 4 kundan soʻng ushbu raqamlar 300 mingga yetdi"- dedi JSST vakili.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1235)

Asosiy mavzular