Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTkanevie maski shirokogo naznacheniya
Tkanevie maski shirokogo naznacheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda bir odam ishlatilgan niqoblarni axlat qutilaridan yig‘ayotgani tasvirlangan video qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

TOShKENT. 24 mar – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishlatilgan tibbiy niqoblarni qanday yo‘qotish kerakligini tushuntirib berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir odam ishlatilgan niqoblarni axlat qutilaridan yig‘ayotgani tasvirlangan video tarqalgandan so‘ng, ulardan foydalanishdan keyin bir marta ishlatiladigan niqoblarni qanday yo‘q qilish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

“Dokadan qilingan niqoblarni yoki tibbiy niqoblarni iloji bo‘lsa, bir marta ishlatgach, yo‘qotish kerak. Yoqib yuborish yoki buning iloji bo‘lmasa, kesib, butunlay yaroqsiz holga keltirish kerak”, - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslarni jarimaga tortish boshlanadi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun BHMning bir barobari (223 ming so‘m), mazkur holat yana qaytariladiganida BHMning uch barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarima solish belgilanmoqda.

Shu bilan birga, tibbiy niqoblar tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi. Endi ularni ishlab chiqarish va sotish uchun litsenziya va davlat ro‘yxatidan o‘tish shart emas. Shuningdek, tibbiy niqoblar qo‘shimcha qiymat solig‘idan ham ozod qilindi.

Yangiliklar lentasi
0