20:09 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
589 0 0

Ayni damda Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya shaharlaridan olib chiqib ketish TIV va Sogʻliqni saqlash vazirliklari roʻyxatlariga asosan tashkil qilinmoqda.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekiston va yana boshqa Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini Moskvadan olib chiqib ketish murakkablashtirilgan, deb xabar qildi Rosaviatsiya.

“Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolarini Moskvadan olib chiqish, ushbu davlatlar hukumatlari tomonidan oʻrnatilgan tartib tufayli, afsuski murakkablashgan. Ushbu masalani hal qilish boʻycha choralar qabul qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus epidemiyasi tufayli Oʻzbekiston barcha xalqaro transport harakatini toʻxtatgan edi. Ayni damda fuqarolarni Rossiya shaharlaridan olib chiqish TIV, SSV  va Oʻzbekiston Havo yoʻllari tomonidan shakllantirilayotgan roʻyxatlarga asosan amalga oshirilmoqda. Bu haqida RIA Novostiga operativ shtabi xabar qilgan.

Oʻzbekiston hukumati komissiyasi qaroriga muvofiq 24, 25, 26, 27 mart va 2 aprel kunlari Moskvadan hamda 30 mart kuni Sankt-Peterburgdan charter parvozlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular