06:17 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
416 0 0

Ilgʻor texnologiyalar markazining biotexnologlari ishlab chiqqan ushbu test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbek olimlari COVID-19 koronavirusini aniqlash boʻyicha test tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

Ilgʻor texnologiyalar markazining biotexnologlari oʻz ishlarini innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirigʻiga binoan bir oy oldin boshlashgan edi.

“Test sistemasi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining PTSR usulidagi tahlilga asoslangan va bu oʻzbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasining xususiyati boʻlib, hozirgi kunda xizmatlarimizdagi mavjud boʻlgan testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan”, - deyilgan xabarda.

Uzbekskiye uchenыe razrabotali test-sistemы dlya diagnostiki koronavirusa

Taʼkidlanishicha, test JSST hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.

“JSST tavsiyalariga koʻra, birinchi navbatda koronavirus testi asosiy sinov sifatida amalga oshiriladi va keyin uni tasdiqlash uchun COVID-19 genomining yana ikkita qismida test oʻtkazilishi kerak. Yakuniy bosqich aniqlangan shtammni tartiblashdan iborat, bu virusning mutatsiya darajasini aniqlash uchun muhimdir, chunki boshqa tez tarqaladigan viruslar tufayli COVID-19 virusi mutatsiyalarga uchraydi”, - deydi ishlab chiqaruvchilardan biri, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev

Keyingi bosqichda test tizimini roʻyxatdan oʻtkazish kerak. Undan keyin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻladi.

“Bizning markazimiz diagnostika test sistemalarini ishlab chiqarish uchun maxsus uchastkasiga ega. U yerda bizning startapchilarimizdan biri —“Biotestlab“ jamoasi ishlaydi. Startap yosh, lekin biz bunday ishlab chiqarishda tajribaga egamiz”, - deydi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova.

Ushbu test tizimlardan qanday foydalaniladi?

Kasallikka tashxis qoʻyish uchun inson dimogʻidan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus toʻplanadi.

Soʻngra virus RNKsi olinadi, DNK shakliga oʻtkaziladi va PTSR tahlili amalga oshiriladi — butun jarayon taxminan 5-6 soat vaqtni oladi.

Olimlarning taʼkidlashicha, bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalanish mumkin boʻlgan toʻlaqonli test boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 55 nafarga yetgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular