15:33 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)
600 0 0

Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallangan 4 nafar bemorning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. 13 nafarida oʻpka yalligʻlanishi, pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallangan toʻrt nafar bemorning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Nurmat Otabekovning soʻzlariga koʻra, 55 nafar bemorlardan 13 nafarida oʻpka yalligʻlanishi, pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda.

“Toʻrt nafar bemorning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Ular tegishli intevsiv-terapiya muolajalarini olmoqda”, - dedi u.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻining qoʻshimcha qilishicha, hozirda 20 mingdan ortiq aholi qatʼiy karantin ostida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirus aniqlangan besh bemorda kasallik belgilari yoʻqolgani va ularga tez orada javob berilishini maʼlum qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)

Asosiy mavzular