12:32 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (627)
221 0 0

24 martdan boshlab Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining qator boʻlim va boʻlinmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha toʻxtatilgan.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda belgilangan muddatda avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkaza olmagan va texnik koʻrikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha maʼmuriy choralar koʻrilmaydi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 2020 yil 24 martdan boshlab Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Maʼmuriy amaliyot, Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish, Transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish (texnik koʻrikdan oʻtkazish) boʻlim va boʻlinmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha toʻxtatildi.

Ushbu qaror respublikada koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish boʻyicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan qabul qilingan.

Quyidagi havolada keltirilgan raqamlarga murojaat qilib, batafsil maʼlumot olish mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (627)

Asosiy mavzular