05:25 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
432 0 0

IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov navbatdagi brifing chogʻida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

“Siz oʻz avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz boʻlishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yoʻlovchi boʻlmasa. Agar taksida yoʻlovchi boʻlsa haydovchi tibbiy niqobda boʻlishi shart. Agar mashinadagi yoʻlovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz boʻlsa, aql bilan ish tutish kerak”, - dedi u.

Shuningdek, Gʻiyosov jamoat joylarida hamisha tibbiy niqob taqish shartligini qoʻshimcha qildi.

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bugun, 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz boʻlgan shaxslarni jarimaga tortish boshlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun BHMning bir barobari (223 ming soʻm), mazkur holat yana qaytariladiganida BHMning uch barobari miqdorida (669 ming soʻm) jarima solish belgilangan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular